LG Electronics oshxona va uy uchun 2018 yilning premium toifali maishiy texnikasini namoyish qildi

Fan-texnika 21:02 / 16.04.2018 14636

LG Electronics (LG) kompaniyasi premium toifali Hyatt Regency Moscow Petrovsky Park biznes-mehmonxonasida jurnalistlar, interer dizaynerlari va me'morlarga uy uchun premium maishiy texnika modellarini taqdim etdi. 2018 yilgi bu modellar qatori InstaViewDoor-in-Door va P-Iskra muzlatgichlar lineykasi, TWINWash kir yuvish mashinasi, CordZero™ simsiz changyutgichlari va NeoChef™ mikroto‘lqinli pechlarini o‘z ichiga olgan. Ultrapremium qurilmalar qatori nafis InstaViewDoor-in-Door™ muzlatgichi, yuqori texnologiyali TWINWash™ kir yuvish mashinasi, futuristik iqlim to‘plami va 4K HDR'li OLED-televizordan iborat. Tadbir mehmonlari e'tiborini MDHda ilk bor namoyish qilingan LG aqlli texnologiyalari jalb qildi. LG koferentsiyasining turli zonalardan tashkil topgan shou-rumi modalar olamidagi mashhur dizayner va Manhattan Design School dizayn maktabi asoschisi Alyona Sanayeva bilan hammualliflikda ishlab chiqilgan.

LG muzlatgichlarining premium lineykasi

Foto: LG

LG 2018 yilgi yangi InstaView™ Door-in-Door® premium muzlatgichlari qatorini namoyish qildi. Muzlatgich eshigining tonirovka qilingan paneliga ikki marta qoqilsa, u shaffof bo‘lib qoladi hamda foydalanuvchi texnikani ochmay va sovuq havoni tashqariga chiqarmay turib, uning ichidagi narsalarni ko‘ra oladi. Bundan tashqari, qo‘shimcha Door-in-Door bo‘limi iste'molchi ko‘p oladigan mahsulotlar va ichimliklarni osongina joylashtirish va olish imkonini beradi.

Foto: LG

Muzlatish kamerasi pastda joylashgan mashhur muzlatgichlar zamonaviy premium dizayn va yuqori darajali energosamaradorlik, mahsulotlar sarxilligini saqlab qolish texnologiyalari hamda ekspluatatsiyadagi qulaylikning mukammal uyg‘unligidir. Ko‘p oqimli MultiAirFlow™ muzlatish tizimi sharofati bilan muzlatgichning har bir qatori o‘z "mikroiqlimi"ga ega, bu mahsulotlarni saqlash va ularning sarxilligini ta'minlash uchun optimal sharoitlar yaratish imkonini beradi.

Muzlatish kamerasi pastda bo‘lgan muzlatgichlarda meva va sabzavotlar uchun optimal muvozanat funksiyasi - MoistBalanceCrisper™ ko‘zda tutilgan. Qopqoqning maxsus to‘rsimon yuzasi namlik darajasini optimallashtirish imkonini beradi.

TWINWash premium kir yuvish mashinasi

Foto: LG

Yangilangan ikki barabanli LG TWINWash kir yuvish mashinalari lineykasi turli o‘lchamlardagi modellar orqali namoyish qilingan: 27 dyuymdan 24 dyuymgacha. Endi iste'molchilar o‘z turar-joylarining o‘lchamlaridan qat'i nazar, ularning afzalliklarini baholashlari mumkin bo‘ladi. Asosiy va mini-bo‘limlar parallel ravishda hamda bir-biridan mustaqil tarzda qo‘llanilishi mumkin. Buning natijasida foydalanuvchilar mashinaga turlicha rejimda yuvishni talab qiluvchi - rangli va oq kiyimlarni, shuningdek kattalar va bolalarning kirlarini bir vaqtda solishlari mumkin bo‘ladi. TWINWash seriyasi modellari kir yuvishda  yuqori samaradorlikni ta'minlaydi, TrueSteam™ va TurboWash™ funksiyalari esa 59 daqiqada deyarli barcha allergenlar va yoqimsiz hidlarni yo‘q qiladi, kichik g‘ijimlarni tekislaydi hamda matoni yumshatadi. LG'ning TWINWash™ toifali yangi kir yuvish mashinalari Wi-Fi'ga ulanish tizimi bilan jihozlangan, bu esa foydalanuvchilarga uni istalgan joydan osongina boshqarish va nazorat qilish, shuningdek SmartDiagnosis™ dasturini ishga tushirib, kir yuvishning qo‘shimcha sikllarini yuklash va nosozliklar diagnostikasini o‘tkazish imkonini beradi.

LG CordZero™ kuchli simsiz changyutgichlar seriyasi

Foto: LG

Yangi konteynerli CordZero™ changyutgichi uy bekalarini qo‘shimcha funksiyalar qatori bilan quvontiradi. SmartInverterMotor™ 2.5 invertor motori changning mayda zarrachalarini yanada samarali yo‘qotish imkonini beradi. Changyutgich RoboSense™ 2.0 tizimi yordamida foydalanuvchining ketidan avtomatik ravishda ergashadi, uni ortingizdan sudrab yurishga hojat qolmaydi. To‘qnashuvlarning oldini oluvchi intellektual tizim frontal sensor yordamida to‘siqlarni aniqlaydi va ularni chetlab o‘tishga yordam beradi. Changyutgich hatto mikrochang va allergenlarni o‘ziga tortuvchi HEPA 14 filtriga ega yetti bosqichli filtratsiya tizimi bilan jihozlangan.

LG NeoChef™ mikroto‘lqinli pechlar

Foto: LG

Yangilangan Black Stainless Steel Series dizayniga ega LGNeoChef™ mikroto‘lqinli pechlari barmoq izlariga qarshi qoplama bilan himoyalangan. LG NeoChef™ yuragi - SmartInverter™ noyob texnologiyasi, demak, u uddalay olmaydigan hech qanday kulinar vazifa yo‘q. 200 vattdan 1100 vattgacha quvvatga ega "aqlli" invertor atigi bir jarayon davomida mahsulotning tarkibi va undagi ozuqaviy moddalarni samarali saqlab qolib, taomni bir maromda tayyorlash yoki muzlatish imkonini beradi.

LG NeoChef™ pechni parvarishlashni yengillashtirishga mo‘ljallangan qator funksiyalarni o‘z ichiga oladi. EasyClean™ antibakterial qoplamasi uni tozalash jarayonini yanada osonlashtiradi. Bu mikroto‘lqinli pechni tozalash uchun uni atigi bir martagina artishning o‘zi kifoya qiladi. Antibakterial qoplama pech ichida bakteriyalarning ko‘payishiga 99,99 foiz to‘sqinlik qiladi.

LG'ning uy uchun iqlimiy yechimlari

LG ATRCOOL Stylist dizaynerlik konditsioneri nafaqat ilg‘or va samarali maishiy iqlim jihozi, balki inshootning dekor elementi hamdir. Invertor kompressori shovqin darajasini 19dB'gacha minimallashtirish, elektr energiyasini 40 foizgacha tejash imkonini beradi va qurilmaning 10 yil davomida faoliyat ko‘rsatishini kafolatlaydi. Inshoot sovuq mavsumda PowerHeating rejimida isitiladi, jaziramada esa JetCool rejimida havoni 3D taqsimlash orqali tezda sovutiladi.

Ichki blokning ingichka korpusi (atigi 121 mm) va 26 rangdagi LED-chiroqlar bu modelni uy uchun nostandart yechimlar qatorida ajratib turadi.

Foto: LG

Ko‘p funksiyali LGPuriCare havo tozalagichi nafaqat o‘zining universalligi va texnik jihozlanishi bilan, balki noyob dizayni bilan ham diqqatni jalb etadi. Korpusning havo o‘tkazuvchi devorlari havoni 360 darajada qamrab olish imkonini beradi. apparatning ikki seksiyasi inshoot maydonini 89 kv metrga kengaytiradi, aylanuvchi buster esa - nafaqat havoni tozalash tezligini oshiradi, balki kompleksni boshqarish paneli ham hisoblanadi. Olti bosqichli filtratsiya tizimi havoni hatto eng mayda changlardan, allergen va viruslardan ham tozalash imkonini beradi, maxsus blok esa hidni ham, gazni ham yo‘q qilishga yordam beradi. LGSmartThinQ texnologiyasi WiFi modul orqali qurilmani masofadan boshqarish, dasturlash va tashxislash imkonini beradi. LGPuriCare Rossiya FDBM Immunologiya Instituti sertifikatsiyasidan o‘tgan va bolali oilalarda foydalanish uchun tavsiya qilingan.

Foto: LG

# # #

LG Electronics, Inc. kompaniyasi haqida

LG Electronics, Inc. (KSE: 066570.KS) iste'molchi elektronika, mobil kommunikatsiyalar va maishiy texnika sohasida jahon yetakchisi va texnologik innovatori hisoblanadi. Kompaniyada butun dunyo bo‘ylab 125 filialida 77 000 kishi ishlaydi. LG kompaniyasi besh biznes-bo‘limdan tashkil topgan: HomeAppliance&AirSolution, HomeEntertainment, MobileCommunications, VehicleComponents va B2B, ularning sotuvlari umumiy hajmi 2017 yilda 55,4 milliard AQSh dollari (61,4 trillion Janubiy Koreya voni)ni tashkil qildi. LGElectronics dunyodagi eng yetakchi yassi panelli televizorlari, smartfonlari, havo konditsionerlari, kir yuvish mashinalari va muzlatgichlari ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. Qo‘shimcha ma'lumot uchun www.LG.kz saytiga murojaat qilishingiz mumkin.

LG Electronics HomeAppliance&AirSolution kompaniyasi haqida

LG ElectronicsHomeAppliance&AirSolution kompaniyasi maishiy texnika, uy uchun aqlli yechimlar va havo sifatini qo‘llab-quvvatlovchi tizimlar sohasidagi jahon yetakchisi hisoblanadi. Kompaniya uy uchun kompleks yechimlarni ishlab chiqadi. LG o‘zining sifatli mahsulotlari, shu jumladan muzlatgichlari, kir yuvish mashinalari, idish yuvish mashinasi, oshxona texnikasi, changyutgichlari, o‘rnatiladigan texnikasi, konditsionerlari, havo tozalovchi qurilmalari bilan butun dunyodagi iste'molchilar hayotini yanada yaxshilashga harakat qiladi. Bu mahsulotlar hammasi bir bo‘lib iste'molchilarni keng qulaylik, ajoyib xizmat, katta tejamkorlik va sog‘liq uchun foyda bilan ta'minlaydi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: