Qashqadaryoda tibbiyot muassasasi xodimi maktab o‘quvchisini urib o‘ldirdi

Jamiyat 18:28 / 16.04.2018 27174

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 14 aprel kuni soat 20.00larda, “Dam” qishlog‘ida yashovchi, Chiroqchi tuman Tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi sanitari, 1994 y.t. J.Q. shu qishloq hududida o‘zaro janjal oqibatida hamqishlog‘i, o‘rta maktab o‘quvchisi 2004 y.t. Q.V. tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan. 

Natijada Q.V. voqea joyida vafot etgan. J.Q. qo‘lga olingan.

 

Ko‘proq yangiliklar: