GM Uzbekistan AJ 2018 yil yanvar-mart oylarida Rossiyada 4,1 mingdan ortiq Ravon avtomobilini sotdi, bu 2017 yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘pdir. Bu haqda Yevropa biznesi assotsiatsiyasining Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi xabar berdi.
2018 yilning martida kompaniya 2017 yilning shu davriga nisbatan savdolar hajmini 71 foizga oshirdi - 1,16 ming avtomobilgacha.
2018 yil yanvar-mart oylarida Rossiya bozorida GM Uzbekistan’ning ulushi 1 foizni tashkil etdi, 2017 yilning shu davrida esa bu raqam 0,5 foizga teng edi.
2018 yil yanvar-mart oylari yakuniga ko‘ra, GM Uzbekistan AJ Rossiyada avtomobillar savdosi hajmi bo‘yicha 21-o‘rinni egalladi. GM Uzbekistan modellaridan hech biri hisobot davrida Top-25 bestsellerlar ro‘yxatiga kirmadi.