Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston 18:44 / 16.04.2018 14381

Polkovnik Komiljon Mirsaidovich Aripov O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Buni vazirlik saytida ushbu lavozim vakant turganidan ham bilish mumkin, deb yozmoqda “Xalq so‘zi” nashri.

Komiljon Mirsaidovich Aripov 2013 yilning yanvaridan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi. 

Hozircha uning mazkur vazirlik tizimida qolgani yoki boshqa ishga tayinlangani haqida ma'lumot yo‘q.

Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimi ham vakant turibdi

 

Ko‘proq yangiliklar: