Asaka shahridagi 5-sektor Respublikaga o‘rnak bo‘lgani bejiz emas

Jamiyat 14:24 / 16.04.2018 17318

Shu yilning mart oyida Asaka shahridagi Ulug‘bek  hamda Kamolot mahallalaridagi beshta ko‘chaga yangi ichimlik suvi tizimi tortilib, ishga tushganida, yana hududdagi o‘nlab ko‘p qavatli uylarning tomlari shahar hokimligi tashabbusi bilan GM Uzbekistan avtomobil zavodi homiyligi asosida ta'mirlanishi yakunlanganida, aholi vakillari bilan suhbatda bo‘lgan edik.

Shunda Asaka shahar hokimi,  hududdagi beshinchi sektor rahbari, Inomjon Mamadaliyev bizni pedogogika kollejidagi shtabda tashkil qilingan ishlar bilan tanishtirgandi.

Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish va turmush darajasini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarlik oldini olish bo‘yicha 5-sektor faoliyati boshqalarga o‘rnak qilib ko‘rsatish darajasida ekanligiga guvoh bo‘lganmiz.

Sektor faoliyati bilan tanishib, joylarda bo‘lib, amalga oshirilgan ishlarning aniq natijasini ko‘rgan edik. Shtabda ajoyib ijodiy muhit, izlanishlar tufayli yuzaga kelgan har bir sohaga oid stendlarda  barcha qilingan va qilinajak ishlar kaftdek aks etgan. Sog‘liqni saqlash tizimi, elektr energiyasi ta'minoti, ichimlik suvi, tadbirkorlik, kam ta'minlangan oilalar bilan ishlash, hududda huquqbuzarlikning oldini olish borasida qilingan ishlar bilan tanishib, o‘tgan davr davomida hududda har bir xonadonga borib,  aholini qiynab kelayotgan mavjud ikki mingtadan ziyod muammolarni bartaraf etish yo‘lida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdik.   

Sektor rahbari Inomjon Mamadaliyev va GM Uzbekistan avtomobil zavodi xodimlari bilan birgalikda hududdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi 20 nafarga yaqin nogiron, harakati cheklangan, ko‘ngli o‘ksik bolalarga homiylik asosida planshetlar tarqatilishi jarayonida xonadonlarga birga bordik. Hududda ishchi guruhlarning aholida mavjud muammolarni joyida o‘rganib bartaraf etishayotgani ularning sektorlar faoliyatini to‘liq tushunib  ish tashkil etayotganidan darak berib turibdi.

«Muammolar va uning yechimlari Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i orqali faol yoritib borilayotgani va bunga aholining munosabati, fikr-mulohazalarda namoyon bo‘lmoqda. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning berayotgan maslahatlari va yordami haqida alohida aytib o‘tishimiz lozim», -deydi sektor rahbari Inomjon Mamadaliyev.         

O‘tgan hafta poytaxtdagi Turkiston saroyida bo‘lib o‘tgan «Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punktlari» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida II hududdan Andijon viloyati, Asaka shahar 5-sektor boshlig‘i «Eng fidoyi sektor rahbari» nominatsiyasida g‘olib deb topildi.  

KUN.UZ  muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

 

Ko‘proq yangiliklar: