Yordamga muhtoj ayollarga arzon uy-joylar berish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekiston 01:20 / 14.04.2018 48547

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.

Nizomga ko‘ra, ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun Komissiya raisiga doimiy yashash joyi bo‘yicha so‘rovnoma-ariza va hujjatlarni taqdim etadi.

Komissiya tomonidan arizani ko‘rib chiqishda uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash quyidagi ijtimoiy mezonlar asosida amalga oshiriladi:

  • ariza beruvchida mulk huquqi asosida turar-joyning yo‘qligi va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;
  • boshqa oila (oilalar) bilan bir uyda (bir xonadonda) yashashi;
  • ko‘p bolalik (uch va undan ortiq);
  • ariza beruvchi oilasining daromadi;
  • ijtimoiy xususiyatiga ko‘ra alohida xonadonda yashashi kerak bo‘lgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining og‘ir ko‘rinishi, qandli diabetning yiringli yallig‘lanishi, psoriaz) bemor ayollar (tuman tibbiyot birlashmasining xulosasi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ma'lumotnomasi asosida)
  • ariza beruvchining oila a'zolari orasida birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;
  • ariza beruvchi uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun 16 kv. metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv. metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;
  • birinchi guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz ayollar;
  • yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bola parvarishlayotgan ayollar (tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasi ma'lumotnomasi va tibbiyot birlashmasi xulosasi asosida)
  • kam ta'minlangan oilada yolg‘iz o‘zi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan ayollar (fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organi ma'lumotnomasi asosida).
Ko‘proq yangiliklar: