Samsung’ning bo‘linmasi Samsung Securities xodimi kompaniya xodimlariga dividend sifatida bir aksiyaga 1000 von (1 dollar) berish o‘rniga yanglish tarzda 1000 tadan aksiya berib yuborgan. Uning xatosi tufayli 111,8 trln vonlik (105 mlrd dollar) qo‘shimcha 3 mlrd aksiya chiqarilgan.
Kompaniyaning bu aksiyalarni olgan 16 xodimi bir necha daqiqaning o‘zida aksiyalarning bir qismini sotib, 187 mln dollar olishga muvaffaq bo‘lgan. Yarim soat o‘tgach Samsung vakillari aksiyalarni sotish imkonini bloklab qo‘yishgan.
Voqeaning barcha ishtirokchilari ishlaridan bo‘shatilganlar. Ularning harakatlari nafaqat kompaniya aksiyalarining 12 foizga tushib ketishiga, balki Janubiy Koreyaning yirik pensiya jamg‘armalaridan birining Samsung bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishiga olib kelgan.