Mercedes-AMG kompaniyasi Porsche Cayman’ga raqobatchi model ishlab chiqaradi

Fan-texnika 00:10 / 14.04.2018 4546

Mercedes-AMG kompaniyasi yana bitta modelni ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Yangi model Porsche Cayman va Boxster’ga raqobat qiladi. Bu haqda kompaniya rahbari Tobias Moyersga iqtibos keltirgan holda Autocar nashri xabar berdi. 

“Bozorga Mercedes-AMG GT 4-Door Coupe kabi 4 eshikli avtomobil zarur. Yo‘ltanlamaslarga kelsak, bunday modellardan yetarlicha mavjud, shu sababli boshqa model ishlab chiqaramiz”, deb aytgan Moyers.

Foto:Motor

Bu katta bo‘lmagan va hamyonbop sportkar bo‘lishi mumkin. Yangi model Mercedes-Benz SLC kabi bo‘lishi, biroq kuchliroq va Mercedes-AMG g‘oyasiga mos bo‘ladi. 

Mercedes-AMG GT 4-Door Coupe joriy yilda paydo bo‘ladi. Uning dvigatellari qatori 585 va 639 ot kuchiga ega dvigatellardan va 6 silindrli turbomotor negizidagi gibrid kuch qurilmasidan iborat bo‘ladi. Sportkarning yetakchi versiyasi 100 km/soat tezlikka 3,2 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi esa 315 km/soatni tashil qiladi.

Foto:Motor

 

Ko‘proq yangiliklar: