Jahon | 11:05 / 14.04.2018
11567
1 daqiqa o‘qiladi
BMT bosh kotibi Suriya masalasida bosiqlikka chaqirdi

Foto: AP Photo / Efrem Lukatsky
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari Suriyaga zarba berganidan keyin vaziyatni keskinlashtirmaslik uchun barcha davlatlarni bosiqlik ko‘rsatishga chaqirdi.
“Men BMTga a'zo barcha davlatlarni bu xavfli vaziyatda bosiqlik ko‘rsatishga va vaziyatning keskinlashuvi hamda Suriya xalqi azob-uqubatlarining chuqurlashuviga olib keluvchi istalgan harakatlardan qochishga chaqiraman”, deb aytilgan BMT bosh kotibi bayonotida.