Tashqi savdo bo‘yicha O‘zbekistonning eng katta hamkorlari qaysi davlatlar? Statistika

Iqtisodiyot 22:22 / 13.04.2018 27090

2018 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra qaysi davlatlar O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha asosiy hamkorlar hisoblanadi? Davlat statistika qo‘mitasi shu haqida xabar berdi.

MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkorlar hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasi ulushi 30,3 foizni tashkil qiladi. Boshqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afg‘oniston, Germaniya, Latviya, Eron, Fransiya davlatlari hisoblanib, ularning ulushi 33,4 foizni tashkil qilmoqda.

Jami eksport-import hajmida eng katta ulushga ega bo‘lgan mamlakat Rossiya bo‘ldi - O‘zbekiston tashqi savdo hajmining 18,6 foizi uning ulushiga to‘g‘ri keldi. Rossiyadan keyingi o‘rinda Xitoy qayd etildi, uning ko‘rsatkichi - 17,4 foiz. Qozog‘istonining ulushi esa  7,3 foizni tashkil qiladi.

Jami eksport-import hajmida eng katta ulushga ega bo‘lgan mamlakat

Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning tashqi savdo hajmi ilk uch oyda 7,9 milliard dollarni qayd etdi. Ko‘rsatilgan vaqt davomida mamlakat eksporti - 4,1 milliard dollarni, import esa 3,8 milliard dollarni tashkil qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: