Xitoy AQSh bilan savdo mojarosida oxirigacha borishga va'da berdi

Iqtisodiyot 14:09 / 12.04.2018 7850

Xitoy savdo mojarosi doirasida AQSh harakatlariga javob qaytarishga tayyor va oxirigacha borish niyatida. Bu haqda XXR Tijorat vazirligi rasmiy vakili Gao Fen ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».

«Ayni damda Xitoy va AQShning moliyaviy sektorga mas'ul bo‘lgan rasmiy shaxslari tomonidan savdo-iqtisodiy mojaro bo‘yicha hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Muzokaralar jarayonida ma'lum bir prinsip bor, hamda ayni damga kelib Amerika tomoni muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha hech qanday samimiy istakni bildirmadi», - deya aytib o‘tdi idora vakili.

Gao Fenning so‘zlariga ko‘ra, agarda AQSh bir tomonlama harakatlar va savdo proteksionizmi siyosatiga sodiq bo‘lib qolishda davom etsa, unda «Xitoy javob qaytaradi hamda g‘alaba qozongunga qadar kurashadi».

Ko‘proq yangiliklar: