Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, mamlakat moliyaviy tizimi ancha jiddiy darajada mustahkamlikka ega. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Kremlda bunga hissiyotlar aralashgan bayonotlar, spekulyativ holat kabi reaksiya bildirishmoqda. Bu yerda vaziyat xotirjam va jiddiylik bilan baholanishi lozim. Yaxshi bilasizlarki, turli vaziyatlar yuz beradi, tizim mustahkamlik darajasiga ega, ancha jiddiy darajaga. Shuning uchun, keling hukumat hisobotini kutamiz, u yerda gap aynan iqtisodiy siyosat haqida ketadi», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Putin tadbirkorlar bilan sanksiyalar masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmayotgani haqida ma'lum qilgandi.