Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara xizmatlari rahbarlari uchrashuvi nima bilan tugadi?

O‘zbekiston 14:33 / 11.04.2018 92060

9 aprel kuni Namangan viloyatining Zarkent qishlog‘ida Qirg‘iziston Respublikasi davlat chegara xizmati raisi polkovnik Ularbek Sharsheyev va O‘zbekiston Respublikasi DXX chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi xizmati raisi o‘rinbosari general-mayor Ruslan Mirzayev o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Qirg‘iziston Respublikasi davlat chegara xizmati saytida xabar berildi

Uchrashuv ikki davlat bosh vaziri ko‘rsatmasiga muvofiq joriy yilning 7 aprelida bo‘lib o‘tgan voqeani chuqur o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan. Muzokaralar davomida chegara idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasida ro‘y bergan voqeani muhokama qilishdi. Tomonlar ikki tomonning bunga qadar erishilgan protokol qarorlari to‘liq ijro etilmayotgani va hujjat O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston munosabatlarining yangi bosqichini inobatga olgan holda qo‘shimcha ishlanmalarni talab qilishiga doir xulosaga kelishdi. 

Shundan so‘ng ikki respublika chegara idoralari delegatsiyalari voqea sodir bo‘lgan joyga - Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati, Oqsoy tumani, Mamay qishlog‘iga tashrif buyurishdi. Bu yerda davlat ma'muriyati rahbarlari va huquq-tartibot organlari vakillari bilan 7 aprel kuni ro‘y bergan voqea joyini ko‘zdan kechirishdi.

Qirg‘iziston tomon O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarining e'tiborini 2018 yilning boshidan buyon chegarada ro‘y bergan o‘zbekistonlik harbiylarning qurolni qo‘llashi bilan bog‘liq ikki voqeaga qaratgan. 

Uchrashuv davomida tomonlar chegara qo‘shinlari tomonidan qurolni qo‘llash favqulodda chora hisoblanishi, shu bois davlat chegarasidan o‘tishda qoidalar qasddan buzilmagan taqdirda, harbiylarning qurolni ishga solishi qat'iyan man etildi. 

Foto: gps.gov.kg
Foto: gps.gov.kg

7 aprel kuni qayd qilingan voqeani har tomonlama o‘rganish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tashkil etildi.

2018 yil aprelining uchinchi dekadasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirildi, unda chegara masalalari atroflicha muhokama qilinadi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: