Sensatsiya. «Barselona» yirik hisobda yutqazib turnirni tark etdi

Foto: Squawka
«Roma» Chempionlar ligasining chorak finali javob uchrashuvida «Barselona»ni mag‘lubiyatga uchratdi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va italiyaliklar yarim finalga yo‘l oldi.
O‘yinning 6-daqiqasida Edin Djyeko Daniele De Rossining pasidan keyin Mark-Andre ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi. 58-daqiqada rimliklar sardori De Rossi penaltini aniq ijro etib, jamoasi ustunligini oshirdi. O‘yin yakuniga 8 daqiqa qolganida esa Kostas Manolas boshi bilan to‘pni darvozaga yo‘llab, qahramonga aylandi.
Birinchi uchrashuvda «Barselona» 4:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Safardagi gol evaziga «Roma» turnirdagi ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.
Chempionlar ligasi
1/4 final
Javob uchrashuvlari
Roma Italiya – Barselona Ispaniya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 6 Djyeko, 2:0 – 58, penalti de Rossi, 3:0 – 82 Manolas.
Roma – Alisson, Fasio, Jyezus, Kolarov, Manolas, Nainggolan (El-Shaaravi, 77), Florentsi, Strotman, de Rossi, Djyeko, Shik (Under, 73).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu (Dembele, 85), Umtiti, Serdji Roberto, Rakitich, Buskets (Pako Alkaser, 85), Inesta (Andre Gomesh, 81), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Fasio (38), Jyezus (44), Pike (57), Messi (63), Suares (72).
Birinchi o‘yin: 1:4.
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025