Top-5 ligalarning eng yaxshi darvozaboni ma'lum bo‘ldi

Foto: Marca
Primera doirasidagi «Real» - «Atletiko» (1:1) o‘yinida mezbonlar raqib darvozasiga 8ta zarba yo‘llab, atigi 1ta gol urdilar. Bu bellashuvda «matraschilar» darvozaboni Yan Oblak ishonchli o‘yini bilan jamoadoshlari joniga oro kirdi.
Opta xabariga ko‘ra, Oblak top-5 ligalari darvozabonlari ichida seyvlar ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi natijaga ega. Futbolchi o‘z darvozasi tomon yo‘llangan zarbalarning 85 foizini qaytarishga erishgan.
Ispaniya chempionatida «Atletiko» 31ta o‘yinda bor yo‘g‘i 15ta gol o‘tkazib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda.
Mavzuga oid

14:52 / 10.02.2025
«Atletiko Madrid» O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga ko‘maklashadi

02:30 / 14.04.2022
YeChL. Sensatsiya ro‘y bermadi - APL grandlari birinchi o‘yindagi g‘alaba evaziga yarimfinalga yo‘l oldi

01:58 / 06.04.2022
YeChL. «Manchester Siti» «Atletiko»ni mag‘lub etdi, «Liverpul» Portugaliyada ishonchli g‘alabaga erishdi

03:18 / 16.03.2022