Floyd Meyvezerning korteji o‘qqa tutildi

Foto:R-Sport - RIA Novosti
AQShning Atlanta shahrida amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning korteji noma'lum kishilar tomonidan o‘qqa tutildi. Taxmin qilinishicha, 3 mashinadan iborat kortejdagi mashinalardan birida Meyuezer bo‘lgan. Bu haqda Atlanta Journal-Constitution xabar qildi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, kortej tungi klubdan mehmonxonaga qaytayotgan bo‘lgan. Otishma oqibatida bokschining tansoqchilaridan biri oyog‘idan jarohat olgan. U shifoxonaga yetkazilgan. Politsiya bosqinchilarni qidirmoqda.
“Biz Meyvezer mashinalardan birida bo‘lgan va yaralanmagan, degan fikrdamiz. Bu otishma tasodifiy bo‘lmaganga o‘xshamoqda”, deb ma'lum qilingan politsiyada.
Mavzuga oid

13:06 / 30.12.2023
Kuniga 2 mingta, bir yilda million parvoz – dunyodagi eng ko‘p yo‘lovchi o‘tkazayotgan aeroportlar

08:20 / 14.06.2020
AQShning Atlanta shahrida politsiyaning navbatdagi qurboni sababli tartibsizliklar boshlandi

18:33 / 31.12.2018
Meyvezer yangi yil oqshomida yaponiyalik kikbokschi bilan o‘tkazadigan jangi uchun qancha pul olishini ma'lum qildi

08:50 / 27.10.2018