Massachusets texnologiyalar instituti ekspertlari maxsus kompyuter interfeysini ishlab chiqishdi, u foydalanuvchiga eshittirmagan holda, o‘z ichida aytadigan so‘zlarni aniq topishi mumkin. Qurilma “aqlli” foydalanuvchilik interfeyslariga bag‘ishlangan konferensiyada taqdim etildi, deb yozmoqda Science Daily.
Qurilma AlterEgo deb ataladi hamda yechib olinuvchi uskuna va hisoblash tizimidan iborat. Qurilma yuzdan ortiq neyromushak signallarni o‘qiydi, ya'ni foydalanuvchining atrofdagilarga bildirmay, ichida aytadigan so‘zlarini farqlaydi. Signallar neyrotarmoqqa kiradi, u ularni aniq so‘zlar bilan birlashtiradi.
Qurilmada bir juft quloqchin ham bor, u yuz suyaklari orqali tebranishlarni ichki quloqqa yetkazadi. Ularning yordamida foydalanuvchi hisoblash tizimida qayta ishlangan ma'lumotni, o‘z ishidan chalg‘imagan holda olishi mumkin.
MIT medialaboratoriyasi kanalida e'lon qilingan videorolikda undan foydalanishning bir nechta “maishiy” variantlari taqdim etilgan: masalan, “xayol kuchi” kanallarini masofadan o‘zgartirish, yo‘lda ketayotganda vaqtni bilish, do‘kondagi tovarlar umumiy narxini hisoblash uchun.
Hozircha AlterEgo faqat o‘rganish uchun prototip shaklida mavjud. U yoki uning modifikatsiyalari qachon savdoga chiqishi noma'lum.