Virgin Galactic kompaniyasi VSS Unity yangi suborbital kosmoplanining birinchi muvaffaqiyatli parvozini amalga oshirdi. 2014 yilda boshqa bir qurilma bilan dahshatli fojia yuz bergandi. Yangi kosmoplan tovushdan ham yuqori tezlikka chiqqan, shundan so‘ng Moxavadagi Aviatsiya-kosmik portga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
Tashuvchi kosmoplanni sahro uzra 14 173 metrlik balandlikka olib chiqdi, so‘ng qurilma ajraldi va o‘zining reaktiv dvigatelini ishga tushirdi. VSS Unity dvigatelining ishga tushish davomiyligi atigi 30 soniyani tashkil etgan. Bu vaqt davomida ikki pilot tomonidan boshqarilgan kosmoplan soatiga 2231 kilometr tezlikka yetdi.
«Unity reaktiv dvigateli to‘xtaganidan so‘ng balandlikka chiqish davom etdi, hamda 25 685 metrlik natijani ko‘rsatdi, keyin u asta-sekin tusha boshladi», - deya izoh bergan Virgin Galactic kompaniyasi bosh ijrochi direktori Jordj Uaytsayds.
Unity xavfsiz qo‘nishni amalga oshirganidan so‘ng, uning ketidan Eve samolyot-tashuvchisi ham keldi. Unity’ning reaktiv tirkamadagi parvozi SpaceShipTwo sinfi tarixidagi beshinchi va 2014 yilning 31 oktabr kuni Spaceship Enterprise qulaganidan so‘ng birinchisiga aylandi.