Ukraina shakar ishlab chiqaruvchilar milliy assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, mart oyida O‘zbekiston Ukraina shakarining asosiy xaridoriga aylandi.
O‘zbekiston Ukrainadan 23,5 ming tonna shakar import qildi. Bu mamlakatning umumiy shakar eksporti 50 foiziga to‘g‘ri keladi, deb xabar qilmoqda Spot.
Taqqoslash uchun, Rossiya 2017 yil davomida O‘zbekistonga 109 ming tonna shakar yubordi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda shakar zavodi qurilishi xabar berilgandi.