“Chaqiriqqacha harbiy ta'lim” yo‘nalishi bo‘yicha imtihon qachon o‘tkaziladi?

O‘zbekiston 16:37 / 06.04.2018 17144

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalariga “Chaqiriqqacha harbiy ta'lim” yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda. 

Nizomga ko‘ra:

Abituriyentlardan imtihon qabul qilish uchun OTMda imtihon boshlanishidan bir oy oldin imtihon o‘tkazish bo‘yicha komissiya tashkil etiladi va Mudofaa vazirligi bilan kelishgan holda OTM rektorining buyrug‘i bilan komissiya tarkibi a'zolari tasdiqlanadi;

Imtihon davlat test sinovlari o‘tkazilishiga qadar 11 iyuldan 25 iyulgacha chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi asosida o‘tkaziladi;

Imtihon test majmualarida fanning o‘rniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizigacha bo‘lgan oraliqda yagona ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Imtihon quyidagi uch bosqichda o‘tkaziladi:

umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;
o‘q otish tayyorgarligi bo‘yicha nazorat normativini bajarishni baholash;
chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasini baholash.

Imtihon natijalari bo‘yicha tushgan norozilik (apellyatsiya) arizalari apellyatsiya komissiyasi tomonidan 26 iyulga qadar bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi va umumiy natijalar OTM tomonidan Davlat test markaziga 30 iyulgacha taqdim etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: