​Afrikada katta uyg‘onish. Mamlakatlar yagona savdo tashkilotiga birlashmoqchi

Iqtisodiyot 01:01 / 06.04.2018 7956

1995 yili kuchga kirgan Marokash kelishuvi zamirida, dastlab 123ta davlatni o‘z ichiga olgan, Jahon savdo tashkilotiga asos solindi. Oradan 23 yil o‘tib, marta oyida Ruanda poytaxti Kigali shahri 44 nafar Afrika qit'asi yetakchilari ishtirokida o‘tgan yirik tadbirga mehmonlik qildi. Bu yig‘ilish o‘z ma'nosida Afrikaning JST variantini taklif qilib, ishtirokchi prezidentlar yagona «​Kontinental erkin savdo hududi»​ga (CFTA) asos solish borasidagi kelishuvga erishishdi. 

Imzolangan kelishuvga ko‘ra, o‘zaro savdo aylanmasida bo‘lgan umumiy tovarlarning 90 foiziga qo‘yilgan import bojlari bekor qilinadi, xizmat ko‘rsatish sohasida yangi boom kutilmoqda. Muzokaralarning ikkinchi bosqichiga oid kelishuvlar, ya'ni intellektual mulk va xorijiy sarmoyador huquqlarini himoya qilish bo‘yicha islohotlar joriy yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladi. Pozitiv iqtisodchilarning fikricha, mintaqada sanoat rivojlanishi va yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lishi, katta ehtimol bilan bozor iqtisodiyotining gullab-yashnashi kutilmoqda. Biroq, Afrika YaIM 37 foizini ishlab chiqaruvchi 11ta mamlakat muzokaralar stoliga o‘tirmadi. Ular orasida qit'aning eng kuchli 2ta iqtisodiyoti - Nigeriya va Janubiy Afrika Respublikasi mavjud. Nega bunday bo‘ldi?

Asosiy muammo shundaki, kelishuv hali batafsil muhokama etilmagan. Muzokaralar endi 2015 yilda boshlangandi. Mamlakatlar esa haligacha qaysi tovarlar imtiyozlar ro‘yxatiga qo‘shilishi zarurligini bilmaydi. Shu jihatdan «xom» hujjatni JAR qabul qilmasligini asoslantirsa bo‘ladi. Nigeriyaning munosabati esa murakkab: hukumat batamom kelishuvdan voz kechishni rejalashtirmagan. Hattoki, Nigeriya CFTA kotibiyati mas'uliyatini zimmasiga olgan holda, muzokaralar forumini o‘tkazishda mezbonlik qilgan. Mamlakat Federal ijroiya Kengashi kelishuvni imzolashni rag‘batlantirmoqda. Ammo prezident Muhammad Buxoriy Kigali uchishi zarur bo‘lgan samolyotga, so‘nggi daqiqalarda, chiqishdan bosh tortdi.

Gap shundaki, Nigeriya siyosiy hayotida 2019 yil yangi saylov kampaniyasi bilan esda qolarli bo‘lishi kutilmoqda. Unda amaldagi prezident qayta g‘alaba qilishi uchun ichki siyosatda kuchli qo‘llab-quvvatlanishga erishishi lozim. Kasaba uyushmalarining e'tiroficha, savdo kelishuvi “radioaktiv neo-liberal siyosiy tashabbus“dan boshqa narsa emas. Boshqa qit'alardan import qilinadigan tovarlar «Afrika» leybeli ostida mamlakatga kirib keladi. Ya'ni, qayta ishlab chiqarilgan tai guruchi Nigeriyaning yon qo‘shnisidan ham eksport qilinishi mumkin.

Birinchi payg‘ambar, birinchi olim va shoir... Afrika mamlakatlari uzoq o‘tmishda qolgan tarixini qayta tiklashga xohish bildirayotgani aniq, ammo hammasi tezkorlik va chalg‘ituvchi kelishlar orqali amalga oshirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: