Bahrayndagi yangi neft koni zaxiralari Rossiyaning neft zaxiralariga tengligi ma'lum qilindi  

Iqtisodiyot 10:47 / 05.04.2018 12183

Bahraynda yaqinda ochilgan neft koni zaxiralari hajmi 80 mlrd barrelga baholanmoqda. Ta'kidlanishicha, bu hajm butun Rossiyadagi neftning isbotlangan zaxiralariga teng. 

Bahrayn neft vaziri Muhammad bin Xalifa al-Xalifaning aytishicha, kon topilgan hududda shuningdek gaz zaxiralari topilgan: ularning hajmi 280-570 mlrd kub metrga baholangan.

Al-Xalifaning aytishicha, yangi konlardagi neft va gaz zaxiralari hajmi Haliburton neft korporatsiyasi va DeGoler and MacNaughton konsalting kompaniyasi baholovchilari tomonidan tasdiqlangan.

Yangi kon qirollikning g‘arbiy sohilida joylashgan. Oxirgi vaqtgacha Bahraynning neft zaxiralari 125 mln barrelga baholanayotgan edi.

Bugungi kunda Bahrayn kuniga 45 ming barrel neft qazib oladi. Mamlakat OPeK a'zosi hisoblanmasa-da, neft narxini barqarorlashtirish maqsadida uni qisqartirish ko‘zda tutilgan kelishuvga qo‘shilgan.

Ko‘proq yangiliklar: