Qozog‘iston YaIM o‘sish sur'atlari joriy yilda 3,8 foiz ko‘rsatkich atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Milliy iqtisodiyot vaziri Temir Sulaymonov hukumat yig‘ilishida ma'lum qildi.
Vazirning ta'kidlashicha, 2017 yilda nominal YaIM 52,4 trillion tenge miqdorida baholangandi. Joriy yilning birinchi choragida iqtisodiyotning real o‘sishi 4 foiz ko‘rsatkichni qayd etgan. Bunday o‘sishning asosiy omillaridan biri - yil boshida 1 barrel neft narxining 45$ dan 55$ ga yetgani, deb hisoblanmoqda. Milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan qiymati 340 tenge miqdorida saqlanib qoldi.
«YaIM hajmi aholi jon boshiga 9,2 ming AQSh dollardan to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Shuningdek, sanoat iqtisodiyotining o‘sishi 3,3 foizda bo‘lishi prognozlashtirilgan», deb qo‘shimcha qildi u.