Yil oxiriga qadar valyuta yechib olish bo‘yicha 1 mingdan ortiq bankomatlar o‘rnatiladi 

Iqtisodiyot 19:12 / 03.04.2018 8523

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bilan 2018 yilning 1 aprelidan boshlab jismoniy shaxslarga xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani naqd shaklda yechib olish huquqi berildi. Bu haqda Markaziy bank xabarida aytiladi.

Qayd etilishicha, tijorat banklarida aholining naqd chet el valyutasiga bo‘lgan talabini yetarlicha ta'minlash maqsadida bugungi kunda tijorat banklari kassalari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va bankomatlar orqali naqd pul yechib olishga sharoitlar yaratilgan.

Bugungi kunda tijorat banklari tegishli terminallar bilan ta'minlangan bo‘lib, u naqd xorijiy valyutani berish uchun jismoniy shaxslarning xalqaro to‘lov kartochkalaridan mablag‘ yechib olish imkonini beradi.

Tijorat banklari tomonidan naqd xorijiy valyutani yechib olish bo‘yicha bankomatlar soni asta-sekin oshirib boriladi va joriy yil oxiriga qadar butun mamlakat bo‘ylab 1000dan ortiq bankomat o‘rnatiladi.

Shuni ta'kidlash joizki, xalqaro to‘lov tizimlari qoidalariga muvofiq bir bank kartasidan boshqa banklarda naqd pul yechib olishda (bankomatlar yoki to‘lov terminallari) qo‘shimcha komissiya olinadi (odatda yechib olinayotgan summaning 1 foizi).

Ko‘proq yangiliklar: