«Liverpul» o‘yinchisi Misr prezidenti saylovlarida 1,5 million ovozga ega bo‘ldi

Jahon 01:39 / 02.04.2018 59270

26-28 mart kunlari Misrda mamlakat prezidenti saylovlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga ikki kishi da'vogarlik qildi – Abdul Fattoh Xalil As-Sisiy va Muso Mustafo Muso Muhammad. 

Mamlakatning aksariyat aholisi bunday tanlovdan norozi bo‘ldi - saylovlardagi ishtirok 40,08 foizni tashkil etdi. 

1,5 millionga yaqin byulleten atayin noto‘g‘ri belgilangan, deyiladi Economist nashrida. "Qoidabuzarlar" ikki nomzodning ismi sharifini o‘chirib, o‘rniga «Liverpul» futbol jamoasi o‘yinchisi va Misr terma jamoasi faxri Muhammad Saloh nomini yozib qo‘yishgan. 

Saylov natijalariga ko‘ra, As-Sisiy katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan. Noto‘g‘ri to‘ldirilgan byulletenlar hisobga olinmagan. 

Muhammad Saloh 2017-2018 yilgi mavsumda «Liverpul» jamoasining 41 o‘yinida raqib darvozasiga 36 marta gol kiritgan.

Aynan shu futbolchining sharofati bilan Misr 1990 yildan buyon birinchi marta jahon chempionatiga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. 

alaraby.co.uc

 

Ko‘proq yangiliklar: