Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘ishtko‘prik chegara postidan 4 daqiqada o‘tish mumkin
2018 yil 30-31 mart kunlari O‘zbekiston Davlat xafsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan respublikada faoliyat yurituvchi televideniye, internet va bosma ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlardan tashkil topgan media-tur uyushtirildi. Unda Kun.uz muxbiri ham ishtirok etdi.
DXX Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi bosh binosidan yo‘lga chiqqan avtobus dastavval O‘zbekiston-Qozog‘istonning eng yirik chegara posti G‘ishtko‘prik-Jibek jo‘liga yo‘l oldi. Biz bu yerda chegaraning ikki tomoniga o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik va qozog‘istonliklar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdik.
Chegara postiga kelib tusharkanmiz, odamlarning gavjumligi, ikki qardosh va dindosh xalq o‘rtasidagi bordi-keldi avvalgidan sezilarli oshgani ko‘zimizni quvontirdi. Dastlab G‘ishtko‘prik postida davlat xizmatlarining qanchalik tezkor va ishonchli amalga oshirilayotgani haqida.
“Toshkent viloyati Toshkent tumani G‘ishtko‘prik chegara posti O‘zbekistonning eng yirik o‘tkazish punktlaridan biri bo‘lib, haftaning ish kunlari bir kunda 30 ming kishi chegarani kesib o‘tadi. Haftaning dam olish kunlari 35 ming kishi chegarani kesib o‘tadi. Buning sababi dam olish kunlari qozog‘istonliklar O‘zbekistonga ko‘proq kelishadi. Sayyohlik mavsumi vaqtida bu raqam 40-45 ming kishigacha chiqishi mumkin.
Qozog‘istonliklar ko‘p kelishining asosiy sabablaridan biri, bizda ovqatlanish sifati ham arzon, ham yaxshi. Hozirda O‘zbekistonda 69 ta chegara-nazorat o‘tkazish punktlari mavjud bo‘lib, ularda bir kunda 120 ming atrofida kishi chegarani kechib o‘tayotgan bo‘lsa, birgina ushbu maskandan bir kunda 120 ming kishining ¼ qismi o‘tadi, ya'ni G‘ishtko‘prik tom ma'noda O‘zbekistonning eng yirik chegara maskani hisoblanadi", - deydi chegara maskani mulozimi.
Chegarani kesib o‘tish chog‘ida fuqarolarga qulayliklar taqdim etish maqsadida bojxona, chegara, veterinariya va fitonazorat ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Pasport nazoratida ishlovchilar, maskan rahbarlarining aytishicha, dunyoning barcha mamlakatlari pasportlarining qalbaki yoki qalbaki emasligini aniqlay oladi. Shu bilan birga, inson omili sababli shubhali ko‘ringan, biroq aniqlash imkoni bo‘lmaydigan har qanday hujjatning haqiqiyligini tekshirish uchun eng zamonaviy texnikalar mavjud.
Bundan tashqari, 2018 yil boshidan o‘rnatilgan yangi rentgen uskunasi Qozog‘istondan olib kirilayotgan yirik hajmli mahsulotlarning qutisini buzmasdan tekshirish imkonini bersa, boshqa turli xil uskuna va qurilmalar bojxonachilar va chegarachilar ishini qulay va oson qilmoqda. Chegarani kesib o‘tuvchilarning ham vaqti tejalmoqda.
Tajriba sifatida Qozog‘istondan kirib kelgan o‘zbekistonlik maskanning O‘zbekiston qismini necha daqiqada o‘tishi hamda avtobus bekatiga chiqishini daqiqalarda hisoblaganimda, roppa-rosa 4 daqiqa vaqt ketdi. To‘g‘ri, yuki bor kishilarning vaqti birmuncha ko‘proq ketishi mumkin, lekin u ham juda sezilarli emas. Qozog‘istonga ketayotganlar ham xuddi shunday.
Safarimiz chog‘ida Toshkentdan Chimkentga va aksincha qatnayotgan avtobuslar tekshiruviga ham guvoh bo‘ldik. Ularning yo‘lovchilari va avtobusning o‘zini tekshirib, maskandan chiqarib yuborishga atigi 20 daqiqa vaqt ketdi. Bir kunda Toshkentdan va Chimkentdan 5 tadan yo‘lovchi avtobusi chegara maskaniga kelishini, undan tashqari shaxsiy mashinalarida sayohat qilishni istovchilar ko‘pligi e'tiborga olinsa, yaxshi natija deyish mumkin.
Qolaversa, bizlar suhbatlashgan yo‘lovchilar ham, yakka tartibda chegaradan o‘tayotganlar ham hozirgi shart-sharoitlarni avvalgi vaqtlar bilan umuman taqqoslab bo‘lmasligini, hozirda xizmat ko‘rsatish sifati va vaqti ijobiy tomonga juda jiddiy tarzda o‘zgarganini e'tirof etishdi. Xullas, G‘ishtko‘prik chegara-o‘tkazish maskanida mana shunaqa gaplar. Ikki qardosh va qo‘shni yurtlar fuqarolari o‘rtasida o‘zaro bordi-keldi ko‘payganidan, xalqlarimiz yanada mehr-muhabbatli bo‘layotganidan kishi quvonmay bo‘ladimi?
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
-
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
Jahon | 18:58
-
Fransuz vaziri yaqin kunlarda arab davlatlari “ilk bor HAMASdan qurolsizlanishni talab qilishlari”ni aytdi
Jahon | 18:55
-
Sun’iy intellekt sohasida AQSh yetakchi, Xitoy ikkinchi o‘rinda
Fan-texnika | 18:30
Mavzuga oid

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

21:30 / 02.07.2025
Bokuda 8,5 gektar maydonda «O‘zbekiston» bog‘i barpo etiladi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025