Namanganda 19 yoshli qizni kanaldan qutqarmoqchi bo‘lgan 21 yoshli yigit cho‘kib ketdi

Jamiyat 08:47 / 31.03.2018 41137

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida 21 yoshli yigit cho‘kib ketdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar  boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 29 mart kuni soat 17.00larda, 1999 yilda tug‘ilgan M.R. Uchqo‘rg‘on shahar “Ulug‘bek” MFY Nodira ko‘chasi hududidan oqib o‘tuvchi “Shimoliy Farg‘ona” kanaliga ehtiyotsizligi oqibatida tushib, oqib ketayotgan vaqtida uni qutqarish maqsadida shu yerdan o‘tib ketayotgan Uychi tumani “Ziyokor” MFYda yashagan, 1997 yilda tug‘ilgan S.I. o‘zini suvga tashlagan vaqtida cho‘kib ketgan. 

Natijada M.R. qutqarib olinib kasalxonaga yotqizilgan.

Ko‘proq yangiliklar: