Smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z qurilmalariga virus o‘rnatgani aniqlandi

Foto: Sputnik
Antivirus dasturlari ishlab chiquvchi “Doktor Veb” kompaniyasi mutaxassislari 45 ta smartfon modelida ularga ishlab chiqarish jarayonida virus kiritilganini aniqlashdi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Boris Sharov so‘zlab berdi.
Uning aytishicha, zararli dastur haqida birinchi bo‘lib “Doktor Veb”ning antivirus dasturidan foydalangan, Xitoyda ishlab chiqarilgan smartfonlar egalari ma'lum qilishgan. Mutaxassislar hisobotlarni tahlil qilib, topilgan zararli dasturlar tizim sohasida joylashganini aniqlashgan. Bu sohaga esa hech qanday virus tashqaridan tusha olmaydi, u faqatgina ishlab chiqarish jarayonidagina u yerga kiritilishi mumkin.
Mutaxassislar natijada bunday zararli dasturlar 45 ta zamonaviy smartfon modelida o‘rnatilgan, degan xulosaga kelishgan. Ajablanarlisi, bu smartfonlarning barchasi Xitoyda ishlab chiqarilgan. Ular orasida Leagoo, Doogee, Umi, Haier, Cherry va boshqa kompaniyalar smartfonlari bo‘lgan.
Sharovning ta'kidlashicha, topilgan dasturlar smartfonlarga boshqa zararli dasturlarni o‘rnata olgan. Mutaxassisning aytishicha, bunday qurilmalardan ma'lumotlar avtomatik tarzda yuborib turilgan serverlarning uzun ro‘yxati mavjud.
Mavzuga oid

12:38 / 11.03.2025
RBK: Rossiyada politsiya uchun smartfonlarni buzib kirish qiyinlashdi

16:22 / 05.03.2025
Smartfonlardan atigi 72 soat voz kechish ham miya uchun foydali - tadqiqot

21:15 / 03.03.2025
Samsung o‘rta budjetli A56, A36 va A26 smartfonlarini taqdim qildi

18:14 / 17.02.2025