Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti o‘tkazilmaydi

Foto: RIA "Novosti"
Rossiya Federatsiyasi Xalq artisti Grigoriy Lepsning Toshkentdagi konserti o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xabar qilmoqda.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi “Master Show” MChJ tomonidan poytaxtimizning “Istiqlol” san'at saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Rossiya Federatsiyasi Xalq artisti Grigoriy Lepsning yakkaxon konsert dasturi joriy yilning 26 mart kuni o‘tkazilmasligini ma'lum qiladi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, chiptalarni qaytarish va boshqa ma'lumotlar yuzasidan “Master Show” MChJning 200-76-67 yoki (97) 753-40-04 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish tavsiya etiladi.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025