Leningrad oblastida o‘zbekistonlik migrant “Kalashnikov” avtomatlari bo‘lgan qopni topib oldi

Jahon 09:27 / 21.03.2018 17796

Rossiyaning Leningrad oblastida o‘zbekistonlik migrant suv tagidan ikki avtomatni chiqarib oldi. Bu haqda Rossiya OAV xabar bermoqda.

Erkak kutilmagan voqeadan hayratga tushdi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qo‘ng‘iroq qildi.

Voqea Vaskelovo posyolkasidagi ko‘prik tagida 19 mart kuni ro‘y berdi. Politsiyaga 43 yoshli mahalliy fuqaro murojaat qilgan. U baliq ovlayotgan paytida og‘ir buyumni topib olganini aytgan. O‘zbekiston fuqarosi uni muz ustiga chiqarib olishga qaror qildi. Natijada yashil rangdagi qop suv yuzasiga chiqarilgan. Qopning ichida esa yana bitta qora rangdagi polietilen paketi, uning ichida esa ikkita “Kalashnikov” avtomati bo‘lgan.

Qonun himoyachilarining aniqlashicha, qurol 90-yillardan beri qidiruvda bo‘lgan. Avtomatlardan biri Tojikistonda 1992 yilda o‘g‘irlangan. Ikkinchisi – Rossiya Mudofaa vazirligidan 1996 yilda o‘marilgan. Har ikki “kalash” patronlarsiz bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: