Janubiy Koreya: Kim Chen In so‘z bergan

Jahon 08:12 / 19.03.2018 15173

Janubiy Koreya TIV rahbari Kan Gyon Xvaning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha kelishuvga rioya etishga «so‘z bergan». Bu haqda CBS News telekanali xabar qilmoqda.

«Uning va'dasi juda qimmatli, sababi bu KXDR yetakchisining o‘zi tomonidan aytilgan birinchi shunday so‘zlardir», - deya aytib o‘tdi vazir.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreya yetakchisi bilan uchrashish haqidagi qaroridan juda hayratga tushgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «juda jur'atli qaror» Tramp muammoni «butunlay hal qilish» niyatida ekanidan dalolat beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroparlament KXDR bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazganini tan olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: