Rossiya prezidenti kim bo‘lishi oydinlashmoqda

Jahon 00:05 / 19.03.2018 45128

18 mart kuni Rossiya Federatsiyasi prezidentligi uchun o‘tkazilayotgan saylovda ilk taxminiy natijalar e'lon qilindi. Unga ko‘ra, hozirgacha 21,81 foiz byulleten sarhisob qilingan bo‘lib, amaldagi prezident Vladimir Putin nomzodi yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Bu haqda RIA xabar bermoqda..

Dastlabki natijada, Davlat rahbari 72,04 foiz saylovchilarning ovozini to‘plagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin 15,9 foiz saylovchilar ovoziga ega Pavel Grudininga nasib qildi. Markaziy saylov komissiyasi tarqatgan xabarga ko‘ra, saylovoldi kampaniyasida shoular tashkil etgan Jirinovskiy va Sobchak umumiy hisobda 10 foiz ham tarafdorlarga ega emas.

Ekzit poll hisobiga ko‘ra, Putin saylovchilarning 77 foizini tashkil qiluvchi tarafdorlar bilan birinchi o‘rinda.

Eslatib o‘tamiz, Moskva vaqti bilan soat 18:00da qayd etilgan statistikaga ko‘ra, saylovda 59 foizda oshiq ovoz beruvchi ishtirok etdi.

Ko‘proq yangiliklar: