La Liga. Turning markaziy o‘yinida drama yuz berdi

Sport 00:44 / 19.03.2018 15479

Ispaniya chempionati 29-turining markaziy o‘yini nihoyasiga yetdi.

"Vilyarreal" o‘z maydonida "Atletiko Madrid"ni qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi.

Dastlab hisobni mehmonlar ochdi – Grizmann 20-daqiqada penaltidan unumli foydalandi.

O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida Unal hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Unalning o‘zi dubl qayd etib, jamoasiga irodali g‘alaba keltirdi. 

Ushbu natijadan keyin "Atletiko" 64 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. 5-o‘rinda borayotgan "Vilyarreal" hisobida 47 ochko bor.

Yana bir uchrashuvda "Selta" o‘z maydonida "Malaga"ni qabul qildi. Uchrashuv golsiz durang bilan yakunlandi.

Vilyarreal – Atletiko 2:1

Gollar: 0:1 – 20, penalti Grizmann, 1:1 – 82 Unal, 2:1 – 90 Unal.
Vilyarreal – Asenxo, Bonera, Kosta, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Fornals (Unal, 74), Rodri Ernandes, Soriano (Sansone, 63), Trigeros, Raba (Kastilexo, 78), Bakka.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Vrsalko, Godin, Saul, Parti, Koke (Torres, 85), Korrea (Vitolo, 71), Grizmann (Gabi, 81), Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Fornals (12), Grizmann (15), Alvaro Gonsales (45), Ximenes (61), Rodri Ernandes (66), Bakka (67), Diyego Kosta (90), Sansone (90).
Chetlatish: Vitolo (90).

Selta – Malaga 0:0

Selta – Alvares, Ronkalya, Kastro, Malo, Gomes, Brais Mendes (Radoya, 67), Lobotka, Ernandes, Sisto (Boyye, 67), Aspas, Maksi Gomes.
Malaga – Roberto, Ernandes, Torres, Rosales, Mikel, Lasen (Resio, 80), Iturra, Chori Kastro (Lestenn, 74), Saksess (Keko, 69), Rolan, En-Nesiri.
Ogohlantirishlar: Rosales (42), Aspas (45), Torres (45), Malo (57), Kastro (61).

Ko‘proq yangiliklar: