Xitoy Markaziy banki rahbari 15 yillik boshqaruvdan keyin iste'foga ketdi

Jahon 08:03 / 19.03.2018 4968

Dunyodagi eng nufuzli iqtisodiy shaxslardan biri, Xitoy Xalq bankini (Markaziy bank) rekord uzoq vaqt – 15 yil boshqargan Chjou Syaochuan 19 mart kuni o‘z lavozimini tark etdi. Syaochuan o‘rnini uning o‘rinbosari I Gan egalladi.

Ushbu qaror Butunxitoy xalq vakillari yig‘inining 1-sessiyasi 7-majlisida qabul qilindi. I Gan nomzodini 18 mart kuni ikkinchi muddatga qayta saylangan Xitoy kengashi bosh vaziri Li Ketsyan taklif qilgan, deputatlar esa yashirin ovoz berish orqali uning nomzodini ma'qullashgan.

Xitoy Markaziy banki lavozimini tark etgan 70 yoshli Chjou Syaochuan ushbu lavozimni 2002 yilda egallagan va bank tashkil etilgan vaqtdan beri uni eng uzoq boshqargan rahbar bo‘ldi. 

Ko‘proq yangiliklar: