Yangi Zelandiya pochtasiga «pab yonidagi fermaga» jo‘natma keldi va ...u egasini topdi!

Jahon 21:45 / 19.03.2018 8833

Mart oyi o‘rtasida Yangi Zelandiyaning Kast shaharchasi pochta xizmati Facebook foydalanuvchilaridan bir jo‘natma manzilini topishga yordam berishni so‘radi. Jo‘natmaning qadog‘ida ko‘cha va uy o‘rniga ismlar ko‘rsatilgandi  — Key va Filipp, shu bilan birga, joy manzili o‘rniga tavsifi berilgan. Jo‘natuvchi ushbu jo‘natmani "sigirlar harakatlanuvchi uzun yo‘ldagi pab yonida joylashgan fermaga" yetkazishni so‘ragan. 

"Siz Kastda yashovchi Key va Filippni bilasizmi? Biz jo‘natmani to‘g‘ri yetkazishimiz uchun uning kimga tegishli ekanini topishga yordam berib yuborsangiz, iltimos. Rahmat", deb yozilgan mahalliy pochta xizmati postida. 

 

Kastdagi pochta bo‘limi ma'muri Temmi MakGratning aytishicha, odatda manzili noaniq jo‘natma va xatlar orqaga qaytariladi, lekin ayol bu safar istisno qilishga qaror qilgan. "Mening fikrimcha, jo‘natma ustiga keksa yoshli kishi yozgan, shu bois bir necha kun kutib, manzilni topishga qaror qildim", - deydi MakGrat The Guardian nashriga.

Nashrdan bir necha kun o‘tib, ferma egasining o‘zi pochtaga keldi. Bu Filipp Forrester bo‘lib chiqdi. U Facebook'dagi post haqida aytgan do‘stlari orqali jo‘natma haqida xabar topgan.

Foto: AP

Forresterning so‘zlariga ko‘ra, jo‘natma fermada bir necha marta mehmon bo‘lgan 70 yoshli Ayrin Mikings ismli ayoldan. Ayol Key va Filippga sovg‘a sifatida o‘zi tikkan fartuk va sochiqlarni yo‘llagan.

Ko‘proq yangiliklar: