Acibadem’dan prostata bezi saratonida a'zoni saqlab qoluvchi yondashuv

Jamiyat 09:46 / 19.03.2018 10351

Prostata bezi saratoni erkaklarda a'zolar saratonining eng keng tarqalgan saraton turi hisoblanadi. Bugungi kunda bitta a'zo doirasida lokalizatsiyalangan saraton davolashning ikkita asosiy metodi mavjud. Bular butun prostatani operatsiya yordamida olib tashlash yoki butun prostatani radioterapiya yordamida davolash. Ikkala metod ham samarali, lekin ular bemorda disfunktsiyaga, siydik ushlamaslikka va ayrim ichak muammolariga olib kelishi mumkin. Prostata bezi saratonini davolashning asosiy maqsadi bemorning turmush sifatiga eng yuqori mumkin bo‘lgan darajada zarar yetkazmasdan, kishini kasallikdan ozod qilish hisoblanadi.

Eng yaxshi davolash bo‘yicha eng yangi qurilma - bu “Fokusli terapiya” deb nomlangan metoddir. Ushbu metod yordamida prostataning faqat shikastlangan sohasiga ishlov beriladi, a'zoning sog‘lom qismlariga esa zarar yetmaydi.

Foto: Acıbadem

Acıbadem shifoxonalarida qo‘llaniladigan fokusli terapiyada saraton hujayralarini o‘ldirish uchun odatda issiqlik ishlatiladi. Shifoxonaning amaliyotga tatbiq qilishni boshlagan Hifu (yuqori zichlikka ega fokusli ultra tovush) saraton hujayralarini ortiqcha issiqlik yordamida yo‘q qiladi. Tibbiy ma'lumotlarini tahlil qilganda HIFU eng yaxshi amaliyotga ega fokusli terapiyaning metodi hisoblanadi.

Saratonning joyi MRT-vizualizatsiyasi orqali aniqlanganidan so‘ng intellektual biopsiya metodi yordamida aniq belgilangan saraton sohasi yarim robotlashtirilgan texnologiya yordamida yo‘q qilinishi mumkin. Davolash tadbiri 1-2 soat davom etadi va hech qanday kesuvlarsiz amalga  oshiriladi. Davolash tadbiridan so‘ng bir zumdagi vizualizatsiya yordamida tekshiruvdan so‘ng davolangan joyning samarali davolash o‘tkazilganligi tekshirilib, tasdiqlov olinadi. Bemorga shu kuniyoq o‘z uyiga qaytib ketish imkoniyati beriladi.

Ushbu metod bo‘yicha Acıbadem Maslakning professor doktori Jan Obek katta muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda.

Foto: Acıbadem

Professor Jan Obekning aytishicha, fokusli terapiya prostata bezi saratoni bo‘lgan barcha bemorlar uchun universal davolash bo‘lib hisoblanmaydi. Mos keladigan bemorni tanlash metodikaning muvaffaqiyati bilan bevosita bog‘liq. Bunda saraton qanchalik agressiv bo‘lganligi, necha o‘choq borligi va ular prostata bezining qaysi qismida joylashganligi muhim. Bu oldin nur terapiyasini olgan, lekin prostata bezining qaytalanadigan saratonidan azob chekuvchi bemorlar uchun ham samarali davolash usuli bo‘lib hisoblanadi, davolash mumkin bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilganda saratonni davolashda katta umid bog‘lasa bo‘ladigan natija beradi. Nojo‘ya ta'sirlariga kelsak, u qolgan davolash metodlariga qaraganda eng ilg‘ori bo‘lib hisoblanadi va erkaklarning turmush sifatini himoya qiluvchi eng zamonaviy yondashuv hisoblanadi.

Barcha ma'lumotlar uchun O‘zbekistondagi Acıbadem ofisiga murojaat qiling:

Adres: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li mavzesi, 19 uy. Telefon: (+99 895) 144 54 45

Ma'lumot uchun saytimizga  tashrif buyuring.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: