O‘zbekiston delegatsiyasi Braziliya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi

O‘zbekiston 16:30 / 18.03.2018 5740

2018 yilning 18-23 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev boshchiligidagi delegatsiya Braziliya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif dasturidan Sakkizinchi Jahon suv forumida ishtirok etish o‘rin olgan. Ushbu forum barqaror rivojlanish, suv resurslarini boshqarish va ushbu sohada global kun tartibini shakllantirish masalalari bo‘yicha tajriba almashish uchun eng katta maydon hisoblanadi.

Forum natijasi bo‘yicha Vazirlar deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda. Mazkur deklaratsiyada xalqaro hamjamiyat va milliy hukumatlarga suvdan adolatli foydalanish imkoniyatini ta'minlash va suv resurslarini ehtiyotkorlik bilan boshqarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rishga chaqiriq kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: