«Uzbek Tigers»ning Kolumbiyaga boradigan tarkibi ma'lum

Sport 20:00 / 18.03.2018 17815

Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum guruh bosqichida «Uzbek Tigers» jamoasi Amerika mintaqasi jamoalari «Cuba Domadores», «Colombia Heroicos» va «Caciques Venesuela» jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

«Uzbek Tigers» guruhdagi 4-tur uchrashuvida safarda — kolumbiyalik bouschilarga qarshi ringga ko‘tarilishadi. Janglar 23 mart kuni Soledad shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mazkur janglarda jamoalarning C1 guruhi bokschilari o‘zaro kuch sinashadi.

Boks federatsiyasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Kolumbiyaga boradigan tarkibdan quyidagi bokschilar o‘rin olishgan:

49 kg: Mironshoh Ibragimov
56 kg: Shahobiddin Zoirov
64 kg: Iqboljon Xoldorov
75 kg: Isroil Madrimov
-91 kg: Sanjar Tursunov

Shuningdek, jamoaning zaxira tarkibiga Odiljon Aslonov va Sardor Yormuhamedov kiritilgan, deb yozadi Sports.uz.

Jamoaga murabbiylar shtabi To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘zioxunov va Ravshan Xo‘jayevdan iborat.

«Uzbek Tigers» 3 ta jang o‘tkazib, safarda «Cuba Domadores» (5:0) imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, o‘z maydonida revansh oldi (4:1) va «Colombia Heroicos» jamoasini ham xuddi shu hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

«Uzbek Tigers» guruhning 5- va 6-turlarini Venesuelaning «Caciques Venesuela» jamoasiga qarshi o‘tkazadi. S1 va S2 guruh bokschilari ishtirokida har ikki uchrashuv ham 6-7 aprel kunlari Surxondaryo viloyatida — Termiz shahrida tashkil etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: