Toshkent shahridagi «Namunali kitob do‘koni» aniqlandi

Jamiyat 12:50 / 18.03.2018 8112

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi PQ-3271-son qaroriga muvofiq tashkil qilingan «Har bir shahar va qishloqda – zamonaviy kitob do‘koni» aksiyasi doirasida «Namunali kitob do‘koni» tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.

Kitob do‘konlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga namunali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida «Navro‘z» bayrami arafasida g‘olibni aniqlash uchun idoralararo ishchi guruhi tuzilib, kitob do‘konlari manzillari bo‘yicha joylarga chiqib, belgilangan me'zonlar asosida poytaxtimizdagi zamonaviy kitob do‘konlari faoliyati baholandi.

Qayd etish joizki, bugungi kunda Toshkent shahrida 80dan ortiq kitob sotuviga ixtisoslashgan do‘konlar xizmat ko‘rsatmoqda.

Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi, Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tanlovda «Sharq ziyokori» mas'uliyati cheklangan jamiyati bir ovozdan Toshkent shahridagi «Namunali kitob do‘koni» tanlovining g‘olibi deb topilib, tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Ko‘proq yangiliklar: