Superliga. «Paxtakor» Toshkentda g‘alaba qozondi

Sport 20:40 / 18.03.2018 7302

Bugun, 18 mart kuni Superliganing 3-turi doirasida «Paxtakor» — Olmaliqning OGMK jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvda mezbonlar jamoasi Tiago Bezerra va Ismail Gonsalveshning gollari (penalti) evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Mehmonlarning javob goliga Yovan Jokich mualliflik qildi (penaltidan).

Shu tariqa «Paxtakor» mavsumdagi uchinchi o‘yinda ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, 6 ochko bilan to‘rtinchi o‘ringa joylashdi. OGMK 1 ochko bilan 10-o‘rinda qoldi.

3-tur bahslari bugun «Qizilqum» — «Nasaf» o‘yini bilan yakunlanadi.

Superliga
3-tur

«Paxtakor» – OGMK 2:1
Gollar: Tiago Bezerra 13, Ismail Gonsalvesh (21, penalti), - Yovan Jokich (42, penalti).
«Paxtakor»: Eldorbek Suyunov, Farruh Sayfiyev, Sherzod A'zamov, Marko Simich (Kamoliddin Tojiyev, 18), Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullayev (Azimjon Ahmedov, 85), Rostin Griffits, Jaloliddin Masharipov, Bahrom Abdurahimov (Jamshid Iskanderov, 78), Tiago Bezerra, Ismail Gonsalvesh.
OGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Hojiakbarov, Dilshod Jo‘rayev (Vadim Chemirtan, 77), Zafar Polvonov, Shohnazar Norbekov (Abdumalik Abdullayev, 72), Lutfulla To‘rayev (s), Vladimir Bubanya, Qahramon Bahodirov (Xurshidbek Muxtorov, 46), Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Javlon Guseynov.

Ko‘proq yangiliklar: