Savchenko ukrainalik harbiylarning davlat to‘ntaruviga tayyor ekanliklarini aytdi

Jahon 07:40 / 18.03.2018 18046

Ukraina oliy radasi deputati Nadejda Savchenko ukrainalik harbiylar davlat to‘ntaruvida ishtirok etishga tayyor ekanliklarini aytdi.

Uning aytishicha, Ukrainada amaldagi hokimiyatni to‘ntarishga rozi bo‘lgan harbiylar keragidan yetarlicha. Savchenkoning ta'kidlashicha, harbiylar sobiq prezident Viktor Yanukovichga ham qarshi borishga tayyor bo‘lganlar.

“Harbiylar – aytganini qiladigan odamlar. Ular kam gapiradilar, ko‘p latifalar aytishadi va ularning kuchi shunda. Ular ko‘pincha kaltafahmlar va buyruqlarni  bajaradilar, biroq ulardagi sabrning ham chegarasi bor”, deb aytgan Savchenko.

Avvalroq Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko Savchenkoni parlament binosida terakt tayyorlashda ayblagandi. 

Lutsenko radadan Savchenkoni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berishini so‘ragan. Bunga esa Savchenko bosh prokurorni “aqldan ozib qolibdi” deb javob qilgan

Ko‘proq yangiliklar: