Rekord! «Navbahor» – «Lokomotiv» o‘yinida stadion 115 foizga to‘ldi

Sport 14:00 / 18.03.2018 21387

Superliganing 3-turida Namanganning «Navbahor» klubi amaldagi chempion «Lokomotiv»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Namangandagi “Markaziy” stadionda kechgan ushbu bahsga 25300 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu hozircha joriy mavsumdagi stadionga muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord natijadir, deb yozmoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti. 

Aslida Namangandagi stadionga 21913 nafar muxlis sig‘dira oladi. Lekin kecha katta futbolni sog‘ingan muxlislar sevimli jamoalari ishtirokidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun tribunalar zinalari, uning atroflaridan joy olishdi.

Namangandagi mavsumning ochilish marosimida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan birga Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov, Namangan shahri hokimi, “Navbahor” klubi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov ham ishtirok etdi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Ko‘proq yangiliklar: