Mirziyoyevning Samarqandga tashrifi, DXXga aylangan MXX, Kattaqo‘rg‘ondagi fojia va haftaning boshqa xabarlari

O‘zbekiston 21:30 / 18.03.2018 48160

Hafta davomida respublikmiz va jahonda ro‘y bergan muhim va ahamiyatga molik voqea-hodisalarning qisqacha sharhi bilan Kun.uz’ning haftalik dayjestida tanishtiramiz.

O‘zbekiston yangiliklari

Hafta ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» farmonini imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati Milliy xavfsizlik xizmatining vorisi deb tan olinadi.

Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ sifatida belgilangan.

MXXdan DXXgacha. Endi xizmatning «qora ishlari» tugaydimi?

Senat «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni ko‘rib chiqadi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ilk maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlat rahbarlari uchrashuvini har yili o‘tkazishni taklif etdi

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni orden bilan mukofotladi

Nazarboyev Markaziy Osiyodagi suv muammolari haqida nima dedi?

Tojikiston o‘z qo‘shnilarini hech qachon suvsiz qoldirmaydi – Imomali Rahmon

To‘rtlik uchrashuvdan mamnun. Ular har yili Navro‘z arafasida uchrashishadi

Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar: Ostona uchrashuvi juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi

 

Prezident Sh.Mirziyoyev viloyatni har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy obektlar qurish bo‘yicha qo‘yilgan ko‘plab vazifalar ijrosini tahlil qilish, yangilarini belgilash uchun Samarqand viloyatiga bordi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev: «Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik»

Prezident soya yetishtiruvchilar assotsiatsiyasini tuzish haqida topshiriq berdi

Mirziyoyev har bir tumanda to‘qimachilik fabrikalari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi

Mirziyoyev raisligida Samarqand viloyati faollari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Prezident «Samarqand Siti» qachon qurib bitkazilishiga oydinlik kiritdi

Shavkat Mirziyoyev Den Syaopinni ko‘proq o‘qishni tavsiya qildi

Avvallari mumkin emas edi. Xudo u kunlarni boshqa qaytarmasin – Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi va Samarqand viloyatiga tashrifini yakunladi

Hafta ichida rezonansli fojia ro‘y berdi. Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida ko‘chani tozalash ishlariga majburan olib chiqilgan o‘qituvchi ayol yuk mashinasi urib ketishi natijasida halok bo‘ldi

«23 yashar, yoshgina o‘qituvchi ayol o‘ldi!». Samarqanddagi fojianing asl sabablari qayerda?

Prezident matbuot kotibi: Samarqanddagi fojiaga olib kelgan sabablar hozirda o‘rganilmoqda

Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Kattaqo‘rg‘ondagi fojiaga o‘z munosabatini bildirdi

«Diana Yenekeyeva ko‘cha tozalashga majburan chiqarilmagan». Rasmiylardan kutilgan raddiya
 

Jamiyat xabarlari

Oliy Majlis Senati to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi qaror loyihasini muhokama uchun e'lon qildi.

«Kelinsalom», «kuyovnavkar», love story: Senat taqiqlamoqchi bo‘layotgan to‘y tadbirlari ro‘yxati

Bir asrdan keyin ham avlodlar dabdabali to‘ylarga qarshi kurashib yurmasligi uchun nimalar qilmoq kerak?

Toshkent yo‘llarida maksimal tezlik pasaytirilishi mumkin

Surxondaryo Koreya fuqarolari uchun xavfli hududlar ro‘yxatidan chiqarildi

Milliy tiklanish milliy tildan boshlanadi!

Tahliliy maqola va reportajlar

«Andijoncha fonogramma». Nogironlarga uy berib, qaytarib olish tomoshasi

Farg‘ona shaharlarining onasi Axsikent: U turizm go‘shasiga aylana oladimi?

Respublika bo‘ylab bozorlar nega buzib tashlanmoqda? Zarar qoplanadimi?

2018 yildagi qo‘shimcha dam olish kunlari: ta'til qanday hisoblanadi?

Hokimlik ularni kechirishga va'da berdi, adashganlar qaytadimi?

Tanasidan 16 dona igna topilgan bola sog‘ayib uyiga qaytdi

Bobomurod Abdulla ishi

Foto: fb.com/abobomurod

15 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha navbatdagi ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Bobomurod Abdullayev ishi. U ozod qilinadimi?

Bobomurod Abdullayev sudda barcha ayblovlarni rad etdi

Bobomurod Abdullayev ishi. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosa berdi

Bobomurod Abdullayev sudda ko‘rsatma berishni boshladi

Skripal ishi

Foto: TASS

Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilgan Rossiya Razvedka boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal 4 mart kuni zaharlab o‘ldirilgan. Buyuk Britaniya bu suiqasdda Rossiyani aybladi.

«Hukm o‘qildi. Endi ijro etiladi». London «Skripal ishi» doirasida Moskvaga keskin javob qaytardi

«Hech kimni mensimaydigan Rossiya» - Oq uy Skripal ishi bo‘yicha bayonot berdi

Britaniya BMT XKda Rossiyaning Skripal ishi bo‘yicha tashabbusini blokladi

Skripalning zaharlanishiga Rossiya aloqadorligi bo‘yicha rad etib bo‘lmaydigan dalillar bor

Skripalni zaharlash uchun qo‘llangan modda uning qizi chamadonida bo‘lgan

AQSh, Britaniya, Fransiya va Germaniya «Skripal ishi» bo‘yicha yagona pozitsiyada

Britaniya TIV: Skripalni Putinning buyrug‘i bilan zaharlashgan

Jahon xabarlari

Foto: Reuters

Ikkinchi Mao. Raqiblarini qamoqqa tashlagan va Xitoy yetakchisiga aylangan «kamgap Si»

Aqayev va Bakiyev Qirg‘izistondagi qurultoyga taklif etildi

Tramp Tillersonni ishdan bo‘shatdi va bunga izoh berildi

Merkel to‘rtinchi marta kanslerga aylandi

Janubiy Koreyada yangi mojaro: yana bir sobiq prezident korrupsiyada ayblanmoqda

9 tonna oltin: Yoqutistonda «yombi yomg‘iri»

Tramp shtabining sobiq rahbari 305 yilga qamalishi mumkin

«Harbiy to‘ntarish bo‘lgandi» - Mugabe bayonot bilan chiqdi

Sport xabarlari

Superliga haqida dastlabki 4 taassurot

«Bunyodkor» stadioni O‘FA ixtiyoriga o‘tadi

Arda Turan uylandi, Erdo‘g‘an nikoh marosimida guvoh sifatida qatnashdi

Sportchilarni qanday saralash kerak? Olimpiya qo‘mitasi va vazirlikka takliflar

Bir yo‘la to‘rt murabbiy O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradi

Shahram G‘iyosov va Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi janglarni aprel oyida o‘tkazishadi

«Anji» Dostonbek Hamdamov transferini e'lon qildi

Shohruh Gadoyev Janubiy Koreya klubiga o‘tdi

Chempionlar ligasi chorak finaliga qur'a tashlandi

«Uzbek Tigers» Termizda venesuelaliklarni qabul qiladi. Ikki jang uchun tarkiblar aniq

Yevropa ligasi qur'asi: «Arsenal» Moskvaga keladi

Ko‘proq yangiliklar: