«Manchester Yunayted» Angliya Kubogi yarim finaliga chiqdi

Sport 09:00 / 18.03.2018 7604

«Manchester Yunayted» Angliya Kubogining chorak finalida «Brayton end Xouv Albion» ustidan g‘alabaga erishdi. Manchesterdagi «Old Trafford» stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning 37-daqiqasida Romelu Lukaku hisobni ochdi, o‘yindagi ikkinchi gol Nemanya Matich tomonidan o‘yin oxirida urildi, uni Eshli Yang pas bilan ta'minlagandi.

«Manchester Yunayted» Angliya Kubogi yarim finaliga chiqqan ikkinchi jamoaga aylandi. Bundan avvalroq «Suonsi Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan «Tottenhem Hotspur» ilk yarim finalchi bo‘lgandi.

Yarim finalning yana ikki ishtirokchisi 18 mart kuni «Uigan» - «Sauthempton» va «Lester» - «Chelsi» uchrashuvida aniqlanadi.

Angliya Kubogi
1/4 final

Manchester Yunayted – Brayton 2:0
(1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 37 Lukaku, 2:0 – 83 Matich.
Manchester Yunayted – Romero, Bayi, Valensiya, Shou (Yang, 46), Smolling, Maktomini, Lingard (Fellayni, 89), Mata (Reshford, 75), Matich, Lukaku, Marsyal.
Brayton – Krul, Daffi, Dank, Skelotto, Zuttner, Gross, Propper, March (Iskerdo, 68), Kayyal, Lokadiya, Uloa (Myurrey, 76).

Ko‘proq yangiliklar: