«Barselona» ishonchli g‘alabaga erishdi

Sport 22:30 / 18.03.2018 11385

Ispaniya chempionati 29-turining navbatdagi o‘yini o‘tkazildi. 

Kataloniyada kechgan "Barselona" hamda "Atletik Bilbao" o‘rtasidagi uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

8-daqiqada Pako Alkaser hisobni ochgan bo‘lsa, 30-daqiqada Messi jamoasining ishonchli g‘alabasini ta'minladi. 

Ushbu natijadan keyin "Barselona" 75 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarmoqda. "Atletik" esa 35 ochko bilan 13-o‘rinni band qilgan. 

Barselona – Atletik 2:0

Gollar: 1:0 – 8 Pako Alkaser, 2:0 – 30 Messi.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Rakitich, Serdji Roberto, Koutino (Andre Gomesh, 85), Paulino, Dembele (Inesta, 64), Messi, Pako Alkaser (Aleish Vidal, 74).
Atletik – Arrisabalaga, Martines, Nunes, Saborit, De Markos, Raul Garsiya, San Xose, Susayeta (Inyaki Uilyams, 63), Benyat (Iturraspe, 46), Sabin Merino (Aduris, 71), Inigo Lekue.
Ogohlantirishlar: Umtiti (17), Raul Garsiya (31), Dembele (39), Inigo Lekue (40).

Ko‘proq yangiliklar: