Bayram kunlari Toshkentda transport harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati e'lon qilindi

O‘zbekiston 21:10 / 18.03.2018 15439

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHX Bosh boshqarmasi bayram kunlari (20-22 mart kunlari, soat 06:00dan 21:00gacha) barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanishi rejalashtirilgan ko‘chalar ro‘yxatini ma'lum qildi. Ro‘yxat Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy saytida keltirilgan.

Ko‘chalar ro‘yxati
-   Ko‘rgazma ko‘chasi – Katta halqa aylanma yo‘li (KHAY) ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;

-   Sandiqqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasi – KHAY ko‘chasidan Korxoji ota ko‘chasiga qadar;

-   Sandiqqo‘rg‘on 3-tor ko‘chasi – KHAY ko‘chasidan Korxoji ota 1-tor ko‘chasiga qadar;

-   A.Po‘lat ko‘chasi – Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

-   Usta Shirin ko‘chasi – Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

-   Korxoji ota 1-tor ko‘chasi – Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

-   Korxoji ota ko‘chasi – Ko‘rgazma ko‘chasidan Iftixor ko‘chasiga qadar;

-   Labzak ko‘chasi – Qodiriy ko‘chasidan Zulfiyaxonim ko‘chasiga qadar;

-   A.Qodiriy ko‘chasidan Labzak ko‘chasiga tushish yo‘li.

Shuningdek, 20-22 mart kunlari bayram tadbirlari o‘tkaziladigan madaniyat va istirohat bog‘lariga tutash ko‘chalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: