«Andijon polkasi» Ostonada: «Buyuk Ipak yo‘li» brendiga bag‘ishlangan fleshmob (video)

O‘zbekiston 15:20 / 18.03.2018 20264

Ostona shahrida "Qozog‘istonda O‘zbekiston turizmi yili" dasturi doirasida faol tadbirlar ketma-ketligi davom etmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillarining xabar berishicha, Ostona shahridagi "Xan Shatir" savdo-ko‘ngilochar markazida Qozog‘iston-O‘zbekiston Turistik forumi doirasida "Buyuk Ipak yo‘li" brendiga bag‘ishlangan flesh-mob bo‘lib o‘tdi. 

Foto:Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 
Foto:Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 

Flesh-mobda ikki mamlakatning 50 nafar talaba va ko‘ngillilari ishtirok etishdi. Ular mahalliy vaqt bilan soat 14:00da "Xan Shatir" savdo-ko‘ngilochar markazi atriumida to‘planishdi va qozoq hamda o‘zbek milliy raqslari - "Qara Jorg‘a" va "Andijon polkasi" raqslarini namoyish qilishdi.

Ko‘proq yangiliklar: