O‘z chaqalog‘ini paketga solib qo‘yib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan yana bir ayol aniqlandi

Jamiyat 10:06 / 17.03.2018 40569

2018 yil 17 fevral kuni soat 02.00larda Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan P.B. tug‘ishdan keyingi asoratlari bilan tuman kasalxonasiga yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, 15 fevral kuni P.B. uyida qiz bola chaqaloq tuqqanligi va chaqaloqni paketga solib, uyiga yashirib qo‘yganligi aniqlangan. 

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, chaqaloq tirik holda tug‘ilganligi, unga yengil jarohat yetkazilganligi va o‘limiga yopiq muhitdan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan vafot etganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: