Toshkent to‘qimachilik va yengilsanoat instituti talabalari Samarqandga sayohat qilishdi

O‘zbekiston 16:53 / 17.03.2018 7373

Davlatimiz rahbarining joriy yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, yoshlarimizni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishtirish maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengilsanoat instituti rahbariyati tashabbusi bilan mazkur oliy ta'lim muassasasi talabalari uchun “O‘zbekistan bo‘ylab sayyohat qil! shiori ostida sayyohlik marshruti tashkil etildi. Ushbu sayohatning dastlabkisi qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri bo‘ldi. Dastlab talabalar keyingi yillarda ko‘hna kentimizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Shundan so‘ng sayyohlik avtobusi qadimiy shahardagi betakror tarixiy obidalar tomon harakatlandi.

Foto: Toshkent to‘qimachilik va yengilsanoat instituti

– Bilasizmi, o‘zim farg‘onalikman. Qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda birinchi bor bo‘lishim. Hozir ochig‘i judayam katta hayajondaman, — deydi TSTF fakulteti talabasi Shahbozbek Adhamjonov. – Ajdodlarimz tomonidan bunyod etilgan binolarning ulug‘vorligi va go‘zalligi oldida lol qolasan kishi. Bu obidalarni avaylab-asrash, uni kelajak avlodga yetkazish barchamizning burchimizdir.

Foto: Toshkent to‘qimachilik va yengilsanoat instituti
Ko‘proq yangiliklar: