Si Jinping Xitoy raisi lavozimiga qayta saylandi

Jahon 09:14 / 17.03.2018 8038

13-chaqiriqdagi Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini birinchi sessiyasi deputatlari 17 mart kuni Si Jinpingni Xitoy raisi lavozimiga qayta saylashdi. 

Xitoy konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat rahbari lavozimini 45 yoshga to‘lgan fuqaro egallay oladi. Nomzodlar ro‘yxati prezidium raisi tomonidan taklif qilinadi. Yaqinda Xitoy konstitutsiyasiga qabul qilingan tuzatmalarga ko‘ra, endilikda Xitoy raisi lavozimini bir kishi cheklanmagan miqdorda egallay oladi. Avval bunga qatorasiga 2 muddatdan ko‘p marta ruxsat berilmagan.

Si Jinping, shuningdek, qurolli kuchlarni boshqaruvchi oliy davlat lavozimiga  – Xitoy markaziy harbiy kengashi raisi lavozimiga qayta saylandi. Ushbu kengash Xitoy Xalq-ozodlik armiyasiga rahbarlik qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: